Biz nimalar qilamiz

SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O’zbekiston Respublikasi hududidagi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati va SOS Kinderdorf International (Avstriya) tomonidan 1997 yilda imzolangan “O’zbekiston Respublikasida SOS bolalar mahallalarini va ular bilan bog’liq loyihalarni tashkil etish, qurish, jihozlash va ularning faoliyat ko’rsatishi to’g’risida”gi shartnomaga hamda Vazirlar Mahkamasining 31.12.1997 yildagi 585-sonli “O’zbekistonda SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshiradi.   

Shu yilda, Insbruk (Avstriya) shahrida bo'lib o'tgan Bosh Assambleyada, O'zbekiston Uyushmasi Xalqaro Jamiyatga qabul qilindi. Respublika hududida Uyushma Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatidagi filiallari orqali yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirib, ijtimoiy yetimlik xavfiga uchragan bolalarga yordam ko'rsatmoqda.

Oilaviy vasiylik xizmati

Barcha uch filiallarda yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga uzoq muddatli yordam ko'rsatish dasturi mavjud. Bugungi kunda 32 SOS-oilalarda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan 200 nafar bolalar SOS-oilalarda tarbiyalanmoqda. SOS-oilalarda bolalar, maxsus saralash bosqichidan va tayyorgarlikdan o'tgan SOS onalar tamonidan tarbiyalanadi. Bola har taraflama rivojlanishi maqsadida, SOS xodimlari bolalarning uyg'un rivojlanish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirib kelmoqdalar.

Xalq ta'limi, sog'liqni saqlash va respublika jamoat tashkilotlari vazirliklari tizimidagi mahalliy hokimiyat o’rganlari, muassasalari va idoralari yordamida doimiy ravishda SOS tarbiyalanuvchilari bilan doimiy ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. Majburiy o'rta ta'limdan tashqari, barcha bolalar o'zlarining qobiliyatlari va manfaatlariga asoslangan holda, davr suhbatlari, sport klublari va fakultativ darslarga qatnashadilar. Bolalar turli xil ijodiy va sport musobaqalarida faol qatnashib, muzeylar va tarixiy-madaniy joylarga tashrif buyurishadi, hamda yozgi va qishki dam olish kunlari mobaynida mamlakatdagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida o'tkazishadi.

Samarqand shahridagi SOS Bolalar Mahallasi qoshida, qisqa muddatli vasiylik markazida og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarga tibbiy, pedagogik, psihologik va ijtimoiy ko’mak ko’rsatiladi. Har oy o’rtacha 10ta bola ushbu markazda 1 yilgacha vaqtincha tarbiyalanadi.

2010 yilda Xorazm viloyatida ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yangi SOS Bolalar mahallalarining oila dasturi yaratilgan.  Ushbu dasturning o'ziga xosligi yangicha innovatsion yondashuvlarga asoslangan, SOSning odatiy klassik modellari o'rniga, Urgenchda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun jamoatga qo’shilgan SOS-oilalar tashkil etilgan, shu jumladan, oltitadan ikkita SOS oilalarida bolalarga butun oila g'amxo'rlik qilishadi.

Jamoatga qo’shilgan SOS-oilalarni yaratilishi, butun SOS uchun innovatsion yondashuv edi va vaqt mobaynida ushbu yondashuv samaradorligi va ushbu oilaviy shaklni keyingi rivojlanish va tarqatishning afzalligi haqida xulosa chiqarish mumkin edi. Bu oilalarda yashab, bolalar yangi oilaga ko'nikishiga, jamiyatga qo'shilishiga, hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanishiga imkon berdi. Bugungi kunda, 34 nafar bola SOS-oilalarda tarbiyalanmoqda.

 Yoshlar Vasiyligi

SOS Yoshlar markazlarini tashkil etish va yarim mustaqil hayot dasturi orqali SOSdan ajralib chiqqan bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun izchil ish olib boradi. Yoshlar markazi bu 3-4 yil yashab turadigan yoshlar uchun mo'ljallangan yotoqxona bo'lib, ular yoshlarning kelajak kasbi va ish joyini tanlashga yordam beradigan o'qituvchilarning g'amxo'rligi ostida hayot va ijtimoiy ko'nikmalarga o'rgatishadi. Birinchi Yoshlar markazi Toshkentda 2009 yilda ochilgan bo'lib, hukumat tamonidan 500 kvadrat metrdan ziyod maydonga ega bino topshirildi. Hozirgi kunda u erda 14 nafar yigit-qiz yashaydi.

Toshkent shahridagi TUIT yatoqxona binosida joylashgan 500 kvadrat metrlik ikkinchi Yoshlar uyi 2013 yilning May oyida mamlakat hukumati tomonidan topshirilgan. Xonani ta'mirlash va jihozlash "SOS Kinderdorf Interneshnl" hisobidan amalga oshirildi. Bugun u yerda 15 yigit-qizlar yashaydi. Samarqand shahar hokimligi tomonidan Samarqand shahridagi Yoshlar markaziga ajratilgan bino rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash uchun 2015 yilda mablag' ajratilgan.

Oilani mustahkamlash xizmati:

2007 yildan beri Uyushma ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar orasida mahalliy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda ijtimoiy yetimning oldini olish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib bormoqda. Oilani mustahkamlash bo'yicha dastlabki loyiha Toshkentda boshlandi va 2008 yilda Samarqand shahrida davom etdi. Professional ijtimoiy xodimlar jamoasi har bir oila bilan alohida ishlaydi, bolalar va ularning qaramog'idagi kishilarga yetarlicha yordam ko'rsatadi.

Oilalar turli xil ijtimoiy, ma'rifiy va psixologik-pedagogik yordam oladi, shuningdek, ish joylari orqali oilalarning iqtisodiy holatini yaxshilashga, kichik biznesni tashkil etishda yordam berishga qaratadi. Uyushma doimiy ravishda oilalar bilan ishlashda innovatsion va samarali yondashuvlarni izlaydi. Misol tariqasida, Samarqand shahrida shaharning ikkita mahallasida uchta tajribaviy ijtimoiy korxona ishga tushirilib, ja’mi 14 ta ish o'rni yaratildi.

Ushbu ijtimoiy korxonalar oilalarning iqtisodiy farovonligini mustahkamlash maqsadida yaratilgan bo’lib, Uyushmaning innavatsion yondashuvi hisoblanadi.  Ikki yillik davomida loyiha faoliyati yordamida qariyb 45 oila farovonlik darajasiga erishib, dasturni yakunlashdi.

Dastur faoliyatida Urgench shaxri va Shavat tumanida oila va bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun ikkita ijtimoiy markaz tashkil etildi. Ijtimoiy markazlar bu yana bir innovatsion yondashuv bo’lib, u ijtimoiy xizmatlarini butun oila mustahkamlanishiga qaratilgan.  

Bolalar va kattalar uchun turli tadbirlar o'tkazishlari maqsadida barcha markazlarda hamma shart-sharoitlarni yaratildi: bolalar uchun mo'ljallangan uylar, bolalar uchun o'yin xonalari, psixologik yordam va maslahat xizmatlari, badiiy terapiya, xotin-qizlar uchun kasbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari, ko'nikma va boshqalar. Dasturda 140dan ziyod oiladan 400 nafar bola ishtirok etmoqda.

Ta'limni qo'llab-quvvatlash xizmati:

Uyushma bolalarning ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2007 yildan boshlab umumta'lim maktablari va bolalar bog'chalarida ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatidagi beshta maktab kompyuter sinflari bilan jihozlanib, darslar uchun multimediya materiallari, qo'shimcha fakultativ darslari o'tkazilmoqda, hamda o'qituvchilar, ota-onalar va bolalar uchun treninglar o'tkazilmoqda. Maktablar va bolalar bog'chalari o'qituvchilari uchun turli masalalar, shu jumladan bolalar huquqlari, inklyuziv ta'lim va interfaol ta'lim usullari bo'yicha muntazam treninglar o'tkaziladi.