Oilaviy vasiylik xizmati

Samakrand shahrida 90 nafar bola , Urganch shahrida 40 nafar bola,  Toshkent shahrida 90 nafar bola.

«SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi – bu ota-onasining qaramog'isiz qolgan bolalarni tarbiialashning alohida, ilozhi boricha oilaviy modelga iaqinlashtirilgan uzoq muddatli modelidir. Ushbu model` 60 yildan ortiq vaqt mobaynida dunyoning 134 ta mamlakatida muvaffaqiiatli faoliiat ko'rsatib kelmoqda.

«SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi doirasida uchta filyalda oilaviy vasiylik xizmati ko’rsatilmoqda: Toshkent shahrida 14 ta oilaviy uy, Samarqand shahrida 12 ta oilaviy uy barpo etildi, Urganch shahrida mahallalarga integratsiyalashtirilgan 6 ta oilaviy uy tashkil etildi, ularda SOS-oilalar boshqa oddiy oilalar bilan qo’shnichilikda istiqomat qiladilar.  

Har bir SOS-oilada turli biologik oilalardan chiqqan har xil yosh va jinsdagi 6-8 nafar bola yashaydi. Ularning orasida tug’ishgan aka-ukalar va opa-singillar ham uchraydi, ularning bir oilada tarbiyalanishi Uyushmaning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

SOS-ona/ota-ona – bu bolani asrab olgan «professional» ota yoki ona bo’lib, u har bir bolaga individual yondashuvdan foydalangan holda bolalar bilan birga yashaydi, bolalar to’laqonli rivojlanishi uchun barcha zarur narsalar bo’lishi haqida qayg’uradi.

Individual yondashuv – bu faoliyatimizning muhim tarkibiy qismidir: faqat shu yo’l bilangina biz har bir bola munosib mustaqil hayotga to’liq shakllanishi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarga ega bo’lishiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.

2000-2016 yillarda erishgan yutuqlarimiz

Tashkilotimizning butun faoliyati davomida 515 nafar bola tashkilot qaramog’iga olindi. 225 nafar bola dasturlarimizdan chiqdi va o’zining mustaqil hayotini boshladi.

Bugungi kunda 32 ta SOS-oilada ota-onasining qaramog’isiz qolgan 208 nafar bola tarbiyalanmoqda.