Ommaviy taklif

Ixtiyoriy hayriya uchun ommaviy taklif 

 

Toshkent sh.  15.05.2023y. 

SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi nomidan Nizom asosida ish yurituvchi direktor Abidova G.M., bundan keyin “Uyushma” deb yuritiladigan, yuridik va jismoniy shaxslarga yoki ularning vakillariga, bundan keyin “Shaxs” deb yuritiladigan, birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi, quyidagi shartlarda ixtiyoriy hayriya qilish to‘g‘risida Shartnoma tuzishni taklif etadi:

1. Ommaviy oferta bo‘yicha umumiy qoidalar

1.1. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. 

1.2. Shaxs tomonidan Uyushmaning ustav faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ta’minlash uchun ixtiyoriy hayriya sifatida Uyushmaning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish, ushbu ofertani qabul qilishligini bildiradi. 

1.3. Oferta Uyushmaning rasmiy veb-sayti -sos-kd.uz, bundan keyin “Sayt” deb yuritiladi, e’lon qilingan kundan keyingi kundan boshlab kuchga kiradi.

1.4. Ushbu oferta matni Uyushma tomonidan oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin va u Saytda joylashtirilgan kundan keyingi kundan boshlab kuchga kiradi. 

1.5. Oferta muddatsiz hisoblanadi va Ofertani bekor qilish to‘g‘risidagi bildirishnoma saytda e’lon qilingan kundan keyingi kungacha amal qiladi. Uyushma Ofertani istalgan vaqtda tushuntirishsiz bekor qilishga haqli.

1.6. Ofertaning bir yoki bir nechta shartlarining haqiqiy emasligi Ofertaning barcha boshqa shartlarining haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. 

1.7. Ushbu Oferta shartlarini qabul qilib, Shaxs hayriyaning ixtiyoriy va evazsiz ekanligini tasdiqlaydi. 

1.8. Ushbu ofertani qabul qilish natijasida tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. 

2. Shartnomaning predmeti

2.1. Shaxs ixtiyoriy hayriya sifatida o‘z mablag‘ini Uyushmaning bank hisob raqamiga o‘tkazadi va Uyushma hayriyani qabul qiladi va uni tashkilotni qo‘llab-quvvatlash va uning ustav maqsadlarini amalga oshirish uchun sarflaydi. Ushbu Ofertaning 5-bandida ko‘rsatilgan tartibda hayriya o‘tkazish fakti Shaxsning ushbu Ofertada ko‘rsatilgan ixtiyoriy hayriya shartnomasi shartlariga to‘liq roziligini bildiradi. 

2.2. Shaxs tomonidan ushbu Ofertaning 2.1-bandida ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 511-moddasiga muvofiq hayriya hisoblanadi. 

3. Uyushma faoliyati

3.1. Uyushma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 30 sentyabrda 302-p sonda roʻyxatga olingan Ustavga muvofiq amalga oshiradi.

4. Shartnoma tuzish

4.1. Ofertaning qabul qilingan sanasi va mos ravishda shartnoma tuzilgan sana Uyushmaning bank hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilgan sana hisoblanadi. Shartnoma tuzilgan joy Toshkent shahri hisoblanadi. 

4.2. Shartnoma shartlari to‘lov topshirig‘i berilgan kuni kuchga kirgan Oferta bilan (o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingan holda) belgilanadi. 

5. Hayriyani amalaga oshirish

5.1. Shaxs hayriya miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi va uni ushbu shartnoma shartlariga muvofiq bank o‘tkazmasi va/yoki bank kartasi orqali Uyushmaning bank hisob raqamiga o‘tkazadi. 

5.2. Hayriyani bank orqali o‘tkazishda to‘lov maqsadi “2023 yil 15 maydagi ommaviy ofertaga muvofiq hayriya” deb ko‘rsatilishi kerak.

5.3. Bank kartasidan pul o‘tkazish amalga oshirishda tasdiqlash uchun SMS orqali olingan kodni kiritish kerak. 

To‘lov tizimlarining ilovalari orqali bank kartasidan pul o‘tkazishni amalga oshirishda, to‘lov tizimlarining ko‘rsatmalariga amal qilish kerak.

6. Uyushmaning majburiyatlari

6.1. Uyushma shaxslardan olingan pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va o‘zining Ustaviga muvofiq foydalanish majburiyatini oladi. 

7. Boshqa shartlar

7.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlar o'rtasida nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular iloji bo‘richa muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji bo‘lmasa, nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. 

8. Uyushmaning rekvizitlari 

 

SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi 

Manzil: Toshkent sh., Nukus ko‘chasi, 79 uy 

Bank: «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 

H/r: 20212000004008988001 

MFO: 00842 

STIR: 202793075 

ОКED: 87900