«SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi 1997 yilda bolalarning farovonligini ta’minlash, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Ota-onasining qaramog’isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo’lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar tashkilot faoliyatining diqqat-markazidadir.
Uyushma dasturlari doirasida bolalar va oilalar ota-onasining qaramog’isiz qolgan bolalar va yoshlar uchun oila muhitini yaratishga, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni mustahkamlashga va ijtimoiy yetimlik havfini kamaytirishga qaratilgan kompleks, izchil va uzluksiz xizmatlarga ega bo’ladilar. Barcha hizmatlar quyidagi tuzilmalar doirasida taqdim etiladi: oilaviy vasiylik, yoshlarga vasiylik qilish, oilani mustahkamlash bo’yicha tuzilmalar.
Uyushmaning to’rtta muhim tamoyili:
Uyushmaning muhim vazifalari:
«SOS Bolalar Mahallalari O’zbekiston» Uyushmasi «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkilotining a’zosi hisoblanadi. U o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati va «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda «SOS Bolalar Mahallalari» 134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va texnologik jihatdan qo’llab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti, 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo’lgan.