G'oya

BIZ NEGA BORMIZ

Har bir bola g’amxo’r oilada ulg’ayishi kerak. Oilaviy nohushliklar har bir bola uchun va u yashayotgan jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, biroq bunday holat hamma joyda mavjud.

Bizning hisobimizga ko’ra, qashshoqlik, zo’ravonlik, kasalliklar va adolatsizlikka uchragan butun bolalar aholisining 10% bizning yordamimizga muhtoj.

Bunday bolalar, xalqaro darajada tan olingan tarbiya, himoya, ta`lim, sog’liqni saqlash kabi o’zlarining asosiy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum. Eng avvalo, ular bola bo’lish huquqidan mahrum.

Dunyo davlatlarining deyarli barchasi BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiyasini imzolagan bo’lsada, ularning ko’pchiligi avvalgiday o’z majburiyatlarini bajarmayapti yoki bajara olmayapti .

BIZNING FAOLIYATIMIZ

  • Bizning har qanday faoliyatimiz bola manfaatlaridan kelib chiqadi.
  • Biz ijtimoiy zaif oilalarga farzandlarini g’amxo’rlik qilishda yordam beramiz va ijtimoiy yetimlikning oldini olishga harakat qilamiz.
  • Bolalar o’z oilasida ortiq qolish istagi bo’lmasa, biz ular uchun SOS-oilalarda va SOS tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan asrab oluvchi oilalarda munosib tarbiyalanish sharoitlarini ta`minlaymiz.
  • Biz yoshlarni mustaqil katta hayot yo’lida qadam tashlashda qo’llab-quvvatlaymiz va ularga hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam beramiz. Biz davlat hokimiyati organlarini bolalar huquqlarini himoya qilish bo’yicha o’zlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga chaqiramiz.
  • Biz yordamga muhtoj bolalarga ko’maklashish uchun donorlar, jamoatchilik vakillari, davlat hokimiyat organlari va sherik tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz; buning uchun biz o’z bilim va tajribamiz bilan bo’lishib, o’z qadriyatlarimizni hisobga olgan holda ishlaymiz.
  • Biz faoliyat ko’rsatadigan joylarda, favqulotda vaziyatlar yuzaga kelsa, davlat hokimiyati o’rganlari va gumanitar tashkilotlar bilan muvofiqlashtirgan holda bolalarga gumanitar yordam ko’rsatamiz.
  • Bizning faoliyatimiz odamlar va jamiyat hayotiga ta`sirini uzluksiz baholab boramiz. 

BIZNING YONDASHUVIMIZ

Biz har bir bolaning, o’smirning yoki yosh yigit-qizning  uzoq muddatli rivojlanishiga e’tibor beramiz, shuningdek toki u hayot qiyinchiliklariga tayyor bo’lgunga qadar, uning tarbiyasi, sog’lig’i va ta`lim olishiga ham yordam beramiz.

Biz butun dunyo bo’ylab jamiyatni mustahkamlash bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri choralarni ko’ramiz. Har bir bolaning vaziyati o’zgacha bo’lsada, tajribamiz shuni ko’rsatadiki, har bir bola barqaror munosabatlarni hohlaydi. Aynan g’amxo’r oila bu munosabatlarning rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, unda kattalarning bolaga nisbatan shaxsiy etibori hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy zaif oilalarni mustahkamlash va ular buzilib ketishining oldini olish bo’yicha faoliyatimiz doirasida biz oilalar mustaqil bo’lishga erishishi uchun ota-onalarga maslahatlar berish va ularning ota-onalik ko’nikmalarini rivojlantirish kabi amaliy ko’mak shakllarini taklif etamiz.

Biz birgaliqda…
…oilalarni mustaxkamlashimiz,
…bolalar uchun munosib ta'lim-tarbiya sharoitlarini ta'minlashimiz,
…bolalarga bola bo'lish imkoniyatini tqdim etishimiz mumkin.

Umumiy tushunchalar, Biz nima yetkazmoqchi ekanimizni bilib olish