Xayriya qiling

Tashkiliy tuzilma

Bosh sahifa Biz haqimizda Tashkiliy tuzilma

SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O’zbekiston Respublikasi hududidagi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati va SOS Kinderdorf International (Avstriya) tomonidan 1997 yilda imzolangan “O’zbekiston Respublikasida SOS bolalar mahallalarini va ular bilan bog’liq loyihalarni tashkil etish, qurish, jihozlash va ularning faoliyat ko’rsatishi to’g’risida”gi shartnomaga hamda Vazirlar Mahkamasining 31.12.1997 yildagi 585-sonli “O’zbekistonda SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

O'zbekiston

Ayni paytda «SOS o’zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi mamlakatneyng uchta hududida – Toshkent shahri, Samarqand shahri va Horazm viloiatida o’z dasturlarini amalga oshirmoqda. Toshkent, Samarqand shaharlari va Horazm viloiatida bolalar mahallalarining qurilishi va to’liq jihozlanishi ta’minlandi, ular ota-onasining qaramog’isiz qolgan 300 dan ortiq bolaga turli hizmatlarni (ta’lim, sport, hordiq, psihologik-pedagogik va yuridik hamrohlik va boshqalarni) taqdim etadi.

Hususan, «SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasining Toshkent shaxridagi filialining oilaviy uylarida 83 nafar bola, Samarqandda 88 nafar bola, Urganch shahrida esa 36 nafar bola iashaydi. Urganchda oilaviy vasiylikning integratciialashgan shacli joriy etilgan, turli mahallalarda 6 ta honadon va uylar harid qilingan, Urganch shahri va Shovot tumanida 2 ta ijtimoiy markaz tashkil etilgan.

Hozir — qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhim bo‘lgan davr.

Dasturlarimiz orqali yuzdan ortiq bolalar va yoshlar yordam olmoqda. Sizning xayriyangiz ularning ta’limi, zarur ehtiyojlari va psixologik qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi. Har bir hissa umumiy yordamning bir qismidir.