Samakrand shahrida 77 nafar bola
Urganch shahrida 38 nafar bola
Toshkent shahrida 87 nafar bola.
SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi – bu ota-onasining qaramog'isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning alohida, iloji boricha oilaviy modelga yaqinlashtirilgan uzoq muddatli modelidir. Ushbu model 60 yildan ortiq vaqt mobaynida dunyoning 134 ta mamlakatida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi doirasida uchta filialda bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari ko’rsatilmoqda: Toshkent shahrida 14 ta oilaviy uy, Samarqand shahrida 13 ta oilaviy uy barpo etilgan, Urganch shahrida mahallalarga integratsiyalashtirilgan 6 ta oilaviy uy tashkil etilgan, ularda SOS-oilalar boshqa oddiy oilalar bilan qo’shnichilikda istiqomat qiladilar.
Har bir SOS-oilada har xil yosh va jinsdagi 4-7 nafar bola yashaydi. Ularning orasida tug’ishgan aka-ukalar va opa-singillar ham bor, ularning bir oilada tarbiyalanishi Uyushmaning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
SOS-ona/ota-ona – bu bolani asrab olgan «professional» ota yoki ona bo’lib, u har bir bolaga individual yondashuvdan foydalangan holda bolalar bilan birga yashaydi, bolalar to’laqonli rivojlanishi uchun barcha zarur narsalar bo’lishi haqida qayg’uradi.
Individual yondashuv – bu faoliyatimizning muhim tarkibiy qismidir: faqat shu yo’l bilangina biz har bir bola munosib mustaqil hayotga to’liq shakllanishi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarga ega bo’lishiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.
2000-2016 yillarda erishgan yutuqlarimiz
Tashkilotimizning butun faoliyati davomida 515 nafar bola tashkilot qaramog’iga olindi. 225 nafar bola dasturlarimizdan chiqdi va o’zining mustaqil hayotini boshladi.
Bugungi kunda 33 ta SOS-oilada ota-onasining qaramog’isiz qolgan 202 nafar bola tarbiyalanmoqda.