Xayriya qiling

Oilani mustahkamlash

Bosh sahifa Biz nima qilamiz Oilani mustahkamlash

Ijtimoiy yetimlikni oldini olish

SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi mahalliy hamjamiyatga og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi hayotiy vaziyatni yaxshilashga yordam berar ekan, oilalar va bolalarning farovonligini ta'minlashga, bolalarning ulg'ayishi va rivojlanishi uchun oila muhitining muhimligi va ahamiyatini mustahkamlashga hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olishga o'z hissasini qo'shmoqda.

2007 yildan boshlab Uyushmada Ijtimoiy yetimlikni oldini olish xizmati faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xizmat bola o'z oilasida rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga har tomonlama yordam ko'rsatyapti.

Bizning keng qamrovli xizmatlarimiz

Bola rivojlanishi

Ta'lim bo'yicha, tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam, bolaning hayotiy sharoitlarini yaxshilash, bola ongining shakllanishini quvvatlash.

Ota-onalarning mahorati

Kattalarda bolalarga g'amkho'rlik qilish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish qobiliyatini rivojlantirish.

Iqtisodiy yordam

Kasbiy malakaga ega bo'lish, ishga joylashish va kichik biznesni ochishda ota-onalarga ko'maklashish yo'li bilan ularning moddiy maqomini yaxshilash va barqaror daromadni ta'minlash.

Qo'shimcha yordam xizmatlari

Uyushma faoliyati doirasida tashkil etilgan xizmatlarda zarur ijtimoiy-psixologik xizmatlar kompleksi taqdim etiladi, ishga joylashish va yuridik hamrohlik qilishga ko'maklashiladi. Loyihalar doirasida tashkil etilgan ijtimoiy korhonalarda esa qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar o'zlarining iqtisodiy ahvolini yaxshilab olishi va iqtisodiy mustaqillikka ega bo'lishi mumkin.

Xizmatlar qoshida bolalarga kunduzi qaraladigan Markazlar faoliiat ko'rsatmoqda. Ota-onalar mutahassislar bilan maslahatlashib olguncha yoki ular Izhtimoiy korhonalarda ishlayotgan va o'qiyotgan paytda bolalar bu erda o'ynashlari va shug'ullanishlari mumkin.

2007-2016 yillardagi yutuqlarimiz

2,000

Qo'llab-quvvatlangan bolalar

Toshkent, Urganch va Samarqand shaharlaridagi 735 ta oiladan bolalar ijtimoiy, psixologik va ta'lim ko'magini oldi

170

Qaytarilgan bolalar

Oiladagi krizisli vaziyat bartaraf etilib, bolalar uchun maqbul muhit yaratilganidan keyin o'z oilasiga qaytarildi

10

Oylik qisqa muddatli parvarish

Har oyda oilalari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar Samarqand shahridagi qisqa muddatli vasiylik xizmatida tibbiy, pedagogik, psixologik va ijtimoiy ko'mak oladi

60%

Muvaffaqiyat darajasi

Ijtimoiy yetimlikni oldini olish hizmatlarini olgan oilalar o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi tiklanishi munosabati bilan xizmatni tark etishdi

Ijtimoiy korxonalar

Oilalarning farovonlik darajasini oshirish maqsadida Samarqand shahridagi 2 ta mahallada faoliyat ko'rsatayotgan 3 ta ijtimoiy korxonada 15 ta ish o'rni yaratildi.

Hozir — qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhim bo‘lgan davr.

Dasturlarimiz orqali yuzdan ortiq bolalar va yoshlar yordam olmoqda. Sizning xayriyangiz ularning ta’limi, zarur ehtiyojlari va psixologik qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi. Har bir hissa umumiy yordamning bir qismidir.