29
nafar yoshlar Toshkent shahrida
63
nafar yoshlar Samarqand shahrida
Bizning yondashuvimiz
Ota-onasining qaramog'isiz qolgan yoshlarni izchil uzluksiz qo'llab-quvvatlash SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bolalar maktabni tugatgunga qadar SOS-oilalarda yashaydi va tarbiyalanadi, keyin ular yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarini olishlari mumkin.
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi dasturlarining bir qismi bo'lib, ular bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari, og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardan, shuningdek Mehribonlik Uylari va Bolalar Shaharchalari bitiruvchilariga hamrohlik qilish bo'yicha uzluksiz xizmatlarni ko'rsatishga qaratilgan.
Yoshlarga hamrohlik qilish bosqichlari
To'g'ridan-to'g'ri hamrohlik (16-18 yosh)
Yoshlar xizmatda yashashi va mutahassislar yordamida mustaqil hayot uchun zarur bo'ladigan ko'nikmalarni rivojlantirishi mumkin.
Yarim mustaqil (18-22 yosh)
Yoshlar o'zlarining uyiga yoki ijaraga olingan turar-joyga ko'chib o'tishi, SOS Bolalar Mahallalaridan qisman moliyaviy ko'mak olishi.
Mustaqil hayotni qo'llab-quvvatlash (22+ yosh)
Tarbiyalanuvchilarning keyingi hayot yo'lini kuzatish va ularni krizisli vaziyatlarda psixologik-pedagogik jihatdan qo'llab-quvvatlash.
Muvaffaqiyatli o'tish mezonlari
Kasbga ega bo'lishlik
Ishlash va doimiy daromad olish
Turar-joyining borligi
Ijtimoiy ko'nikmalarga ega bo'lishlik
Hayotiy ko'nikmalarga ega bo'lishlik
Emotsional barqarorlik
2009-2016 yillarda erishgan yutuqlarimiz
60
nafar yoshlar Toshkent va Samarqandda yordam olmoqda
6
nafar yoshlar oliy ma'lumotga ega bo'ldi
25
nafar yoshlar o'z oilalarini yaratishdi
65
nafari o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'ldi
30
nafar yoshlar ishga joylashtirildi
20
nafari oliy o'quv yurtlarining talabalari
Hozir — qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhim bo‘lgan davr.
Dasturlarimiz orqali yuzdan ortiq bolalar va yoshlar yordam olmoqda. Sizning xayriyangiz ularning ta’limi, zarur ehtiyojlari va psixologik qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi. Har bir hissa umumiy yordamning bir qismidir.