Maxfiylik siyosati
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qat’iy rioya qilgan holda munosabatda bo‘lamiz. Ushbu maxfiylik siyosati biz qanday turdagi ma’lumotlarni to‘plashimiz va saqlashimiz, bu ma'lumotlardan qanday foydalanishimiz, ularni qanday himoyalashimiz va biz bilan qanday bog‘lanishingiz mumkinligini tavsiflaydi. Biz sizning huquqlaringizni hurmat qilamiz va maxfiy ma’lumotlarni to‘ldirish, uzatish va saqlashda maxfiylikka rioya qilamiz.
Ushbu sayt SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasiga (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb yuritiladi) tegishli. Uyushma manzili: Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 79-uy, 1-2 xonadonlar. Https://sos-kd.uz saytidan foydalanish orqali siz ushbu maxfiylik siyosati shartlariga rozilik bildirasiz. Biz ushbu sahifada maxfiylik siyosatiga kiritilgan har qanday o‘zgarishlarni joylashtirib boramiz. Agar siz ushbu maxfiylik siyosati shartlariga rozi bo‘lmasangiz, saytdan foydalanishni to'xtatishingiz kerak.
Biz to‘playdigan ma’lumotlar
Xayriyaga obuna bo‘lishda, shuningdek, sos-kd.uz saytidan foydalanish jarayonida siz taqdim etadigan ma’lumotlar, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlar.
Uyushmaga murojaat qilganingizda, biz qo‘ng‘iroq haqidagi ma’lumotlarni, jumladan ismingiz, biz bilan bog‘lanish sababi va sizga bergan javobimiz kabi ma’lumotlarni saqlab qo‘yishimiz mumkin.
Agar siz xayriya kontserti yoki ochiq eshiklar kuni kabi ijtimoiy tadbirimizda qatnashsangiz yoki so‘rovlarimizdan birida qatnashsangiz, ismingiz, aloqa ma‘lumotlaringiz, qiziqish va istaklaringiz kabi ma‘lumotlarini so‘rashimiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan foydalanganingizda biz ijtimoiy tarmoq akkauntlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin.
Siz foydalanadigan dasturiy ta’minot sozlamalariga muvofiq avtomatik tarzda uzatiladigan ma’lumotlar, jumladan IP-manzil, cookie fayllar, foydalanilgan uskuna haqidagi ma’lumotlar, brauzer parametrlari va sozlamalari, operatsion tizim, o‘tish amalga oshirilgan URL, sahifa ko‘rishlari, kirish vaqti va sizning manzilingiz kabi ma’lumotlar. Bu maʼlumotlar sos-kd.uz veb sahifasiga kirish uchun foydalanadigan qurilmaga bogʻlangan.
Uyushma siz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirmaydi. Bunday ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish va yangilab turish uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun xar bir shaxs o‘zi mas’uldir. Siz xohlagan vaqtda o‘zingiz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni yoki uning bir qismini o‘zgartirishingiz (yangilashingiz, to‘ldirishingiz) mumkin.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan va qonunchilikka rioya qilish maqsadida Uyushma sizning xabarlaringiz va so‘rovlaringiz (jumladan, xabarlar mazmuni, xabarlarni yozish vaqti va sanasi) va saytdan foydalanish doirasida amalga oshirgan harakatlaringiz haqidagi ma’lumotlarni ma’lum vaqt davomida saqlaydi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash
Shaxsga doir ma’lumotlar deganda, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi 547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotlar tushuniladi.
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish.
Biz ma’lumotlardan turli maqsadlarda foydalanishimiz mumkin, jumladan:
shaxsiylashtirilgan xizmatni taqdim etish;
foydalanish istagini bildirgan xizmatlarga kirish huquqiga ega bo‘lish;
siz bilan bog‘lanish, shu jumladan saytdan foydalanishga oid bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yuborish, sizning so‘rovlaringiz va arizalaringizni ko‘rib chiqish, tashkilotimiz faoliyati bilan bog‘liq elektron pochta xabarlarini yuborish;
uchinchi shaxslarga berish va/yoki hammaga ochiq qilishimiz mumkin bo‘lgan veb saytlarimizdan foydalanish to‘g‘risida anonim umumiy statistik ma’lumotlarni yaratish;
sayt va saytga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash.
Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turli manbalardan olingan ma’lumotlarni "Biz to‘playdigan ma’lumotlar" bo‘limida bog‘lashimiz yoki birlashtirishimiz mumkin.
Shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatsiz olish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo'q qilish urinishlaridan himoya qilish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.
Buning uchun biz:
sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni xavfsiz serverlarda saqlaymiz va shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydigan tizimlarga ruxsatsiz kirishning oldini olamiz;
doimiy ravishda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash usullarini, shu jumladan tizimlarimizga ruxsatsiz kirishga qarshi jismoniy xavfsizlik choralarini yaxshilaymiz;
xodimlarimiz, hamkorlarimiz va agentlarimizning shaxsiy ma’lumotlarga kirishini ushbu siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun talab etilmaganda cheklash, shuningdek ularga buzilishi uchun javobgarlik nazarda tutilgan qat’iy shartnomaviy majburiyatlarini yuklaymiz.
To‘plangan ma’lumotlarni ruxsatsiz olish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, blokirovka qilish, nusxalash, tarqatish, shuningdek uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun ularning xavfsizligini ta’minlash uchun Uyushma zarur va yetarli darajada texnik, tashkiliy va ma’muriy choralarni ko‘radi. Foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarga ega veb sahifalar Secure Sockets Layer (SSL) bilan himoyalangan bo‘lib, bu xavfsizlik protokoli Internet orqali xavfsiz aloqani ta’minlaydi.
To‘plangan ma’lumotlarni olish faqat o‘z mehnat majburiyatlarini bajarish uchun kerak bo‘lgan Uyushma xodimlariga berilishi mumkin. Uyushma to‘plangan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli shaxslarning rasmiy so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart bo‘lgan holatlar bundan mustasno hisoblanadi.
Bizning veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarimizdan foydalanish orqali siz tavsiflangan shartlarga rozilik bildirasiz.
Cookie fayllaridan foydalanish
Https://sos-kd.uz saytining istalgan sahifasini ko‘rib chiqish jarayonida sahifaning o‘zi kompyuteringizga yuklab olinadi, shuningdek, cookie fayli deb ataladigan kichik matnli fayl ham yuklanishi mumkin. Cookie fayllar orqali olingan ma’lumotlar bizga siz uchun eng qulay tarzda ma’lumotlar taqdim qilishga yordam beradi. Cookie bu veb sayt kompyuteri tomonidan brauzeringizga yuboriladigan va kompyuteringizning qattiq diskida saqlanadigan, ko‘pincha noyob, anonim identifikatorni o‘z ichiga olgan kichik hajmdagi ma’lumotlardir. Cookie fayllardan ma’lumotlarni qabul qiluvchi veb brauzerdan foydalangan holda saytdan foydalanishi ushbu Siyosatda ko‘zda tutilgan maqsadlardan. Uyushma tomonidan cookie fayllardan ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashga, shuningdek, sanab o‘tilgan hollarda cookie fayllardan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazishga rozi ekanligingizni anglatadi. Cookie fayllardan ma’lumotlarni qabul qilish uchun veb brauzeringiz optsiyasini o‘chirib qo‘yish yoki bloklash ushbu Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq cookie fayllardan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni taqiqlashni anglatadi.
Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish va huquqlaringiz
Agar siz bazalarimizda saqlanayotgan shaxsiy maʼlumotlaringizning nusxasini olishni istasangiz, quyidagi “Biz bilan bogʻlanish” boʻlimidagi maʼlumotlardan foydalanib biz bilan bogʻlaning. Sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz soʻralishi mumkin, shunda biz soʻrov yuborayotgan shaxs siz ekanligingizni ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Bu sizning qonuniy huquqlaringiz, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringiz nusxasini olish, noto‘g‘ri shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish yoki yangilashni talab qilish va ma’lumotlaringizni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish huquqlariga qo‘shimchadir. Quyidagi “Biz bilan bog‘lanish” bo’limidagi ma’lumotlardan foydalangan holda biz bilan bog‘lanish orqali ushbu huquqlardan foydalanishingiz mumkin
Agar biz sizning qonuniy huquqlaringizni yoki shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha amaldagi qonunlarni buzganligimizdan xavotirda boʻlsangiz, mumkin boʻlgan buzilishlarni tuzatish uchun biz bilan bogʻlanishingiz yoki qonunga muvofiq tegishli davlat organlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Biz bilan bog‘lanish
Agar sizga yordam kerak bo‘lsa yoki sharh qoldirmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan quyida ko‘rsatilgan usullarda bog‘lanishingiz mumkin:
info@sos-kd.uz
SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi
100015, Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 79-uy, 1-2 xonadon
+998 78 140 97 27, +998 78 140 97 28, +998 78 140 97 29