Samarqand

Samarkand SOS Bolalar Mahallasi 2005 qilda ochilgan bo'lib, ayni paytda bu erda 132 nafar bola istiqomat qilad:

  • 90 nafari 12 ta SOS-oilada yashaydi;
  • 25 nafar Samarkanddagi ikkita Yoshlar uyi qaramog'ida;
  • 10 nafar bola kriziski oilalardan chiqqan Bolalarni qo'llab quvvatlash markazida istiqomat qiladi;
  • 7 nafar yarim mustaqil yashah dasturi bo'yicha ko'mak olmoqda. 

2007 yilda ijtimoiy yetimlikni oldini olish va oilani mustaxkamlash bo'yicha xizmat o'z ishini boshladi. Xozirgi kunda oilani mustaxkamlash xizmati 12 ta maxallaning 88 ta oilasidan 226 nafar bola va 111 nafar kattani qamrab olgan, ikkita mahallada uchta ijtimoiy korxona tashkil etilgan. 

2008 yilda 63 va 29-sonli maktablarda va 85-sonli bolalar bog'chasida ta'lim loyixaso o'z faoliyatini boshladi. Mazkur loyixa doirasida Samarkand shahridagi maktablarga kompyuter uskunalari yetkazib berildi va o'qiv-uslubiy materiallar taqdim etildi, sportzal ta'mirlandi va sport jixozlari taqdim etildi. Bolalar bog'chasida 7 ta guruh yangi mebel bilan jixozlandi, o'qub-uslubiy  materiallar taqdim etildi. O'qituvchilar uchun treninglar o'tkazildi. 

Samarkand SOS Bolalar Mahallalarida jami 48 nafar xodim, shu jumladan 10 nafar SOS ona, 7 nafar SOS-xola, ijtimoiy xodimlar, psixologik-pedogogik, ma'muriy va texnik xodimlar faoliyat ko'rsatadi.