Ekspertlarni tanlov asosida saralash (Toshkent shahri va Samarqand viloyati)
SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi 2024–2026-yillar dasturiy davri doirasida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan dasturlarning yakuniy tashqi baholashini o‘tkazish bo‘yicha takliflarni taqdim etish uchun manfaatdor mutaxassislar va jamoalarni taklif qiladi.
Baholash quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oladi:
Oilaviy muhitga yaqin sharoitda bolalarni parvarishlash;
Davlat vasiyligidagi tutingan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish dasturlari;
Bolalarni qisqa muddatli parvarishlash va qo‘llab-quvvatlash;
Oilalarni mustahkamlash va mahalliy hamjamiyatlarning imkoniyatlarini kengaytirish;
Davlat ijtimoiy xizmatlari bilan hamkorlik.
Baholash natijalari tashkilotning 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi loyihalarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Biz quyidagi malaka va tajribaga ega mutaxassislarni izlaymiz:
Dasturlarni baholash bo‘yicha tasdiqlangan tajriba, jumladan baholash jarayoniga rahbarlik qilish tajribasi. Bolalar huquqlarini himoya qilish, muqobil parvarish yoki oilalarni mustahkamlash sohalaridagi tajriba ustunlik beradi;
O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimini isloh qilish jarayonlarini yaxshi bilish;
Bolalar va yoshlar bilan ishlashda ularning yoshi va xususiyatlarini hisobga oluvchi, ishtirokga asoslangan metod va yondashuvlarni qo‘llash tajribasi;
Ingliz va rus tillarini mukammal bilish. O‘zbek tilini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
Tarkibida O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi kamida bitta baholovchi bo‘lgan jamoalarga ustunlik beriladi.
Baholash muddati: 2026-yil 28-dekabrdan 2027-yil 17-martgacha.
Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 14-dekabr.
Takliflar ingliz tilida Svetlana An nomiga quyidagi elektron pochta manzili orqali yuborilishi lozim: Svetlana.An@sos-kd.uz.
To‘liq texnik topshiriq (Terms of Reference) ilova qilinadi.
Ekspertlarni tanlov asosida saralash (Toshkent shahri va Samarqand viloyati)