2024 yil 2 dekabrda SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili o'rtasida...
SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni zo’ravonlikning barcha shakllaridan...
Joriy yilning 31 iyul kuni Seul Milliy ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash universiteti talabalari, tibbiyot kafedrasi professori va gumanitar...
Hozirgi kunda, SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan, filiallarimizda esa agentlikning...
2022-yil 04-mart kuni SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi Toshkent shahar filiali ijtimoiy markazida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ayollarning salohiyatini oshirish” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu trening uyushma filiali oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek hokimligining Mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.
Treningda uyushma filiali tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ayollar va qizlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar va qizlar hamda Mirzo Ulug‘bek hokimligidan aholi farovonligini oshirish borasida o‘z faoliyatini olib borayotgan vakillar ishtirok etishdi.
SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi Toshkent shahar filialining professional psixologlari tomonidan o‘tkazilgan treningda ishtirokchilar qiyinchiliklarni qanday engib o’tish, o‘zlarining shaxsiy salohiyatini qanday namoyon etish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirish, o‘z-o‘zini bilishga va ichki dunyosini bilish intilishlarini shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Trening so‘ngida psixologlar tomonidan stressdan xalos bo‘lish, o‘z-o‘zini hurmat qilishni oshirish bo‘yicha mashqlar o‘tkazildi. Ushbu mashqlardan trening ishtirokchilari kelgusida mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin.
Uyushma filialining oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari xizmat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati 2007 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va uning asosiy maqsadi, bolalari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lish xavfi ostida bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Oilalarga har tomonlama ijtimoiy, psixologik, huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, ishga joylashtirish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari berilmoqda. Bugungi kunda xizmat 95 oilada tarbiyalanadigan 233 bolani qo‘llab-quvvatlamoqda, har bir oila uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqilgan va filialning mas’ul ijtimoiy xodimi biriktirilgan. Ushbu reja oilaga ham, mutaxassislarga ham oila dinamikasini kuzatish, ehtiyojlarni aniqlashga va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ehtiyojlarni to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi.
Mehmonlar bayram dasturxoniga taklif qilinib, mashg‘ulotlardan olgan taassurotlarini muhokama qilishdi. Tadbir ishtirokchilar uchun yangi bilim orttirish, bir-biri bilan tanishish va tajriba almashish uchun yaxshi platforma bo‘lib xizmat qildi.
Tarqatish