Davra suhbati - O'zbekistonda etim hamda ota ona qarmog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalash tizimini isloh qilish
“Menimcha, himoyaga muhtoj bolalar turli xizmatlar va qo‘llab-quvvatlashlardan, jumladan, jamoatchilik asosida shakillantirilgan ijtimoiy ko'makdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim,” dedi UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan xonim.
2021 yil 17-noyabr kuni ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lish xavfi ostida bo'lgan bolalarning hozirgi vaziyati va O'zbekistonda bolalarga g'amxo'rlik qilish tizimini isloh qilish borasidagi kelgusi rejalarni muhokama qilish uchun UNICEF Uzbekistan va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan birgalikda tashkil qilingan davra suhbatida SOS O'zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi, Milliy Gvardiya, Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Bolalar Ombudsmani qatnashdilar.
Uyushma direktori davra suhbati ishtirokchilari e’tiborini bolalarni tarbiyalashning barcha shakllarida parvarish qilishning sifat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, ushbu standartlarga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash zarurligiga qaratdi. Bu bolalarni muqobil parvarishlash tizimiga asossiz o'tkazishning oldini olishga qaratilgan bolalarni qabul qilishni nazorat qilishning tegishli tartibini, bolalarni davlat parvarishining barcha shakllariga joylashtirish va bolalarni o'z oilalariga qaytarishning tizimli jarayonini yaratishni nazarda tutadi; bolaning eng ustuvor manfaatlariga asoslangan bo'ladi. Ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, mustaqil hayotga o'tish davrida ota-ona qaramog'isiz qolgan yoshlarga hamrohlik qilish jarayonini o'z ichiga oladi. Biroq, ijtimoiy yordam faqat og'ir hayot sharoitida bo'lgan bolalarga qaratilmasligi kerak. Oilalarni mahallalar darajasida qo‘llab-quvvatlash, bolani oiladan ajiratish zaruratining oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarini olib borish va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur.