280 dan ortiq oila yordam olmoqda
Bugungi kunda SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston Assotsiatsiyasi filiallari orqali 280 dan ortiq oila qo‘llab-quvvatlanmoqda, bu oilalarda 620 nafar bola tarbiyalanmoqda, shulardan 32 nafari nogironligi bo‘lgan bolalardir.
2007-yildan buyon Assotsiatsiya filiallarida faoliyat yuritayotgan Oila Qo‘llab-quvvatlash xizmati oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu xizmatning maqsadi — bolalarning o‘z oilalarida eng qulay rivojlanish sharoitini yaratish, oilalar va bolalar farovonligini ta’minlash, oilaviy muhitning bola ulg‘ayishida muhimligini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olishdir.
Siz ham oilalarni va bolalarni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin, havola orqali o‘ting:
👉 https://www.sos-kd.uz/uz/siz-nima-qilishingiz-mumkin/xayriya/