“A'lo keramika” xalq amaliy san'ati ustaxonasiga tashrif

Bizning Toshkentdagi bolalar mahallasi yoshlarimiz “A'lo keramika” xalq amaliy san'ati ustaxonasiga tashrif buyurishdi. Bosh usta Dilbar opa bolalarga loy va kulolchilik buyumlarning tayyorlanish jarayoni haqida so'zlab berdi. Bolalar qo'g'irchoqlarning har bir qismi qo'l bilan tayyorlanishi to'g'risida bilib oldilar. Dilbar opa bolalarga esdalik sifatida sovg'alar topshirdilar. Ushbu tashrif bolalar uchun juda foydali bo'ldi va ular ushbu san'at turi haqida yangi bilimlarga ega bo'ldilar.