Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha trening

Toshkent shahridagi SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi filiali direktori va 2-sonli Yoshlar uyi koordinatori, 2-Respublika Tibbiyot kollejida "Yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish" mavzusida o'quv seminari tashkil etishdi. Ushbu trening axborot texnologiyalari bo'yicha bilimlarni oshirish, ijtimoiy loyihalarni tayyorlashda va ish bilan ta'minlashda AKT rolini oshirishga qaratilgan edi. Tadbir davomida "Technovation, Technowomen va texnogirls" kabi yo'nalishlar taqdim etildi.