Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish trening
Toshkent shahridagi SOS Bolalar mahallasida SOS onalar va xolalarning malakalarini oshirish dasturi doirasida navbatdagi tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda "Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish" mavzusi ko'rib chiqildi. O'zbekiston Respublikasi FVV Fuqarolar himoyasi Institutidan taklif qilingan ma`ruzachi favqulotda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish yo'llari haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Suhbat jarayonida sun’iy nafas oldirish, yurak massaji va shu kabi boshqa turdagi shikastlanishlarda yordam ko’rsatish turlari alohida yoritildi. Prezentatsiya tugaganidan so’ng ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga ma`ruzachidan batafsil javoblar oldilar.