Birinchi yordam ko'rsatish to'g'risida o'quv tadbiri

Joriy yilning 31 iyul kuni Seul Milliy ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash universiteti talabalari, tibbiyot kafedrasi professori va gumanitar fanlar professori hamda Samarqand shahridagi Davlat chet tillar instituti va Samarqand davlat tibbiyot institutida talabalari ko‘magida o‘quv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasining Samarqand filiali tomonidan turli xil xizmatlar ko‘rsatilayotgan 12 va undan katta yoshdagi 101 nafardan ortiq bolalar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Samarqand shahridagi va umuman O‘zbekistondagi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sog‘liqni saqlash sohasidagi bilim saviyasini oshirish va ijtimoiy mas’uliyatni o‘rganish va bilim almashish orqali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatini oshirishdan iborat edi. Ishtirokchilarga issiqlik urishi va quyosh urishi o‘rtasidagi farq, ochiq va yopiq sinishlarda birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri ko‘rsatish, jabrlanuvchiga sun’iy nafas berish usullari tushuntirildi.