Bolalar va kattalar uchun yangi yil bayram dasturi
Yangi yil - bu bolalar va kattalar ishonadigan ertak. Bu barchani birlashtiradigan bayramdir. 2021-yilning 28-29-dekabr kunlari Samarqand shahridagi “Quyi hujasahat” va “Ilmobod” mahallalarida ham shunday bo‘ldi.
SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filiali xodimlari tomonidan mazkur mahallalarda istiqomat qilayotgan bolalar va kattalar uchun yangi yil bayrami dasturi tayyorlandi. Bayramga kelganlarning barchasini Yangi yil mo'jizalari, sovg'alar, o'yinlar, raqslar, tanlovlar va, albatta Qor bobo va Qor qiz bilan uzoq kutilgan uchrashuv kutardi.
78 oilaga oziq-ovqat to’plamlari, 195 nafar bolaga esa yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Ushbu havola orqali siz ham oilalar va bolalarga yordam berishingiz mumkin: https://www.sos-kd.uz/.../siz-nima-qilishingiz.../xayriya/