Bolalarni himoya qilish yo‘lidagi faoliyatimizning xalqaro e’tirofi

SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi «Zero Tolerance in Action: Closing the Gap» 90 kunlik xalqaro dasturini muvaffaqiyatli yakunladi va xavfsizlikning barcha standartlariga to‘liq javob beradigan SOS Children’s Villages International a’zo uyushmalari qatoridan joy oldi.

Bu bolalarni himoya qilish tizimining beshta asosiy unsuri (Big 5 Safeguarding Actions) to‘liq joriy etilganini tasdiqlaydi:

Odob-axloq kodeksi va xavfsizlik standartlariga sodiqlik

Hodisalar va inqirozli vaziyatlarni boshqarish guruhining faoliyat ko‘rsatishi

Xodimlarning majburiy ta’limi

Qoidabuzarliklar haqida xabar berishning qulay va ishlaydigan mexanizmlari

Xatarlarni muntazam baholash hamda ularni kamaytirish rejalari

Har bir xodimga bolalar xavfsizligi va farovonligiga qo‘shayotgan kundalik hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz!