Buxoroga sayohat

7-9 noyabr kunlari Buxoro shahriga ekskursiya tashkillashtirildi. Ushbu muzey-shaharda bolalar Ark gurgoni, hamda Buxoro amirliklarining qo'rg'oni, Jo'ybori shayixlarining qilhonasi, Xo'ja Zayniddin majmuasi, Labi Xovuz ansambli, Volidai Abdulazizhon madrasasi va boshqa shu kabi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Bolalarga shahar tarixi xaqida ko'plab yangi ma`lumotlar berildi. Bulardan tashqari tarbiyalanuvchilar tarixiy obidalar fonida esdalik uchun suratlarga tushib oldilar.