Eng yaxshi uchta jamoani taqdirlash

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda himoyaga muhtoj bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish” loyihasi yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi 3 jamoa deb quyidagilar e’tirof etildi: Samarqand shahridagi Ilmobod mahallasi, Urganch shahridagi Gulshan mahallasi hamda Toshkent shahridagi Bahor mahallasi.

Jamoalarni tanlashda xizmat ko‘rsatilgan oilalar va bolalar soni kabi miqdoriy hamda oilalar bilan ishlashda (keýs-menejment) qo‘llangan bilim va ko‘nikmalar, yo‘naltirish mexanizmlaridan foydalanish kabi sifat ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

Barcha jamoalarni tabriklaymiz! Shuningdek, loyihadagi faol ishtiroki uchun qolgan 7 jamoaga alohida minnatdorlik bildiramiz!