“Gothia World Youth Cup and Gothia Special Olympics Trophy 2022” futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.

2022-yilning 16-20-iyul kunlari Shvetsiyada “Gothia World Youth Cup and Gothia Special Olympics Trophy 2022” futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Xalqaro futbol turniri Shvesiyaning Gyoteborg shahrida an'anaviy tarzda 1975 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Joriy yilgi turnirda jami 59 ta mamlakatdan 1 603 ta jamoa qatnashdi. Ushbu turnirda O‘zbekiston Maxsus Olimpiadasining ikki jamoasi, qizlar jamoasi va o‘g‘il bolalar jamoasi ishtirok etdi.

SOS O’zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Toshkent shahar filiali tarbiyalanuvchisi Alla, qizlar jamoasi safida to’p surdi, jamoa bronza medaliga sazovor bo’ldi!

Yurtimiz sharafini himoya qilgan o’g’il bolalar jamoasi esa oltin medalni qo’lga kiritdilar.