Ijtimoiy buyurtma doirasida superviziya mashg‘ulotlari davom etmoqda
SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning tutingan ota-onalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy buyurtmasi doirasida superviziya mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Mashg‘ulotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlari va psixologlarining tutingan ota-onalar hamda bolalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ishtirokchilar amaliy keyslarni tahlil qilish, oilaviy bolalar uylarida monitoring o‘tkazish hamda oilalar bilan ishlashda individual va kompleks yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Ijtimoiy buyurtma doirasidagi ishlar davom etadi. Superviziya mashg‘ulotlarini boshqa maqsadli hududlarda ham o‘tkazish rejalashtirilgan.