"Ilmobod" mahallasidagi ijtimoiy markaz
2021-yil 4-dekabr kuni SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston Assotsiatsiyasining Samarqand filialiga qarashli yana bir mobil ijtimoiy markazning ochilish marosimi "Ilmobod" mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bolalar Ombudsmani Yunusova Aliya Tuyg‘unovnaga, Respublika Bolalarni Ijtimoiy Moslashtirish Markazi rahbari Alimova Vasila Sattorovnaga, shuningdek, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi hamkorlarimizga (Caritas dasturi) chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Filialning Oila Qo‘llab-quvvatlash xizmati Samarqand shahrining 28 ta mahallasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Xizmatning asosiy maqsadi — har bir bola o‘z oilasida, huquqlari hurmat qilingan holda, barqaror va xavfsiz muhitda ulg‘ayishini ta’minlash. Chunki har bir bola qo‘llab-quvvatlovchi oilada voyaga yetishi kerak.