I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga tashrif

Toshkent shahridagi Bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari I.M.Gubkina nomidagi Rossiia davlat neft va gaz (MTU) Universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv mobaynida o'qituvchilar bolalarni neft va gaz sohasidagi yangi yo'nalishlar bilan tanishtirdilar. Universitet talabalari va mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar namoyish etilib, tarbiyalanuvchilarga ular haqida ma`lumotlar berildi. Shuningdek, ma`ruza davomida bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining yetakchi neft va gaz kompaniyalarida faoliyat yuritib kelayotgan bitiruvchilari haqida ham so'zlab o'tildi. Shu bilan birga, filial mutahxssislari bolalarimizni universitet laboratoriyalarida amaliy tadqiqotlar o'tkazishlari uchun yana bir bor taklif qilishga va`da berdilar.