"Jamiyatda yoshlarning faolligini oshirish - ularning moslashuvining samarali yechimidir" mavzusidagi yoshlar forumi
Bugun SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasining Toshkent shahridagi filiali jamiyatda yoshlarning faolligini oshirish va ularning farovonligini ta'minlashning samarali yechimlarini muhokama qilish va ishlab chiqish uchun yoshlar forumini tashkil qildi.
Yoshlar va xalqaro ekspertlar hamda turli vazirliklar, markazlar va idoralar, shuningdek fuqarolik jamiyati vakillari yoshlarning farovonligini ta’minlash masalalari bo'yicha munazalarda faol ishtirok etdilar.
AQShdan bo'lgan asosiy mehmonimiz, ta'lim va fan sohasi mutaxassisi Eylin Brever yosh qizlarning fan va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini oshirish bo'yicha interfaol seminar o'tkazdi.