Lyuksemburg Buyuk Hertsogligining Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi vakili, Virjiniya Gilbertning Uyushma filialiga tashrifi

2023-yilning 10-noyabr kuni Lyuksemburg Buyuk Hertsogligining Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi vakili, Virjiniya Gilbert O‘zbekiston Respublikasining Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida SOS O’zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining Xorazm viloyatidagi hamkor tashkilotlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, uyushmaning Xorazm viloyatidagi filiali tashkil etilganidan buyon o‘tgan 12 yillik dasturlar doirasidagi faoliyati, hukumat, nodavlat va boshqa tashkilotlar bilan samarali hamkorlik, shuningdek, 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rejalar taqdim etildi.

Tashrif davomida Virjiniya Gilbert Uyushmaning Urganch shahri va Shovot tumani maqsadli guruhdagi bolalar va oilalarga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy markazlarida bo‘ldi. Shuningdek, u uyushmaning Urganch shahridagi filialining oilaviy uylaridan biriga tashrif buyurdi.

SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi, Lyuksemburg Buyuk Hertsogligining Tashqi va Yevropa ishlari vazirligiga ko‘p yillik samarali hamkorligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.