Minsk shahrida o'tkazilgan Yoshlar forumi

2024-yil 8-10-iyul kunlari Minsk shahrida "SOS-Детские деревни Беларусь" xalqaro jamoat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Yoshlar forumining muhim lahzalarini bo'lishishdan mamnunmiz. Mazkur forum doirasida Belorusiya, Qozog'iston, O'zbekiston va Qirg'izistonning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilar uch kun davomida turli mavzularni muhokama qildilar, bilim va tajriba almashdilar.

Forum yoshlar tashabbuslarini rivojlantirish, yoshlar bilan muloqot qilish uchun sharoit yaratish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda ishtirok etish darajasini oshirishga qaratilgan. Yoshlar forumi davomida ishtirokchilar tomonidan turli ijtimoiy muammolarga bag'ishlangan 17 ta video ishlab chiqildi.