Muvofiqlashtiruvchi guruhning 6-yig'ilishi
2019 yil 15-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalar va bolalarning matfaatlarini ta'minlash" loyihasi doirasida Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning beshinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish davomida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi vakillari hamda, asosiy hamkor, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi vakillari loyihaning asosiy bosqichlari va 2019 yil yakunlari - kam ta'minlangan oilalar bilan ishlashda yuzaga kelgan asosiy qiyinchiliklar, erishilgan natijalar va 2020 yil 1-chorak uchun rejalarni muhokama qildilar.