Oliy o'quv yurti talabalari

SOS O'zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi tarbiyalanuvchilari uchun quvonchimizni sizlar bilan baham ko'rmoqchimiz. Yoshlarning mehnatsevarligi, SOS onalarining ko‘magi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati yordami bilan 2021-yilda 32 nafar abituriyentdan 21 nafari oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘ldi. Shunday qilib, bugungi kunda SOS O’zbekiston Bolalar mahallalarining 59 nafar tarbiyalanuvchi va bitiruvchisi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqdalar. Ulardan 56 tasi O‘zbekistonda, 3 nafari esa xorijda o‘qishni davom ettirmoqda. Bundan tashqari 2021-yilda yana 25 nafar yoshlar kollej, litsey hamda tehnikumlarga o’qishga qabul qilindilar.