O‘zbekiston kooperatsion birjasi va ishlab chiqarish yarmarkasi

Toshkent shahridagi Bolalar mahallasidagi yoshlar O‘zbekiston kooperatsion birjasi va ishlab chiqarish yarmarkasida ishtirok etdilar. Ular barcha turdagi zamonaviy ishlab chiqarish sohalari mahsulotlari bilan tanishib chiqishdi. Bularning barchasi bolalarda ijobiy taassurotlar uyg‘otib, O‘zbekistonda ishlab chiqarishning zamonaviy ahvoli haqidagi yangi bilimlarni o‘zlashtirishlariga sababchi bo‘ldi.