O’zbekistonda bola va oilalarning farovonligini ta’minlashda ijtimoiy ishni mustahkamlash mavzusidagi Xalqaro Forum
2019 yil 21-22 noyabr kunlari "SOS O’zbekiston bolalar mahallalari" Uyushmasi vakillari "O’zbekistonda bola va oilalarning farovonligini ta’minlashda ijtimoiy ishni mustahkamlash" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdilar.
Ushbu xalqaro tadbir BMTning bola huqulari to’g’risidagi konvensiyasining 30 yilligini nishonlash doirasida "Sen Yolg'iz Emassan" Respublika jamoat bolalar fondi, Xalq ta'limi vazirligi, "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasining ko’magida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan o’tkazildi.
Forumda parlament deputatlari va senatorlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari O'zbekistonda ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qilishdi.
Yalpi va guruh yig'ilishlarida uyushma vakillari o'z tavsiyalari bilan O'zbekiston hukumatiga taqdim etish uchun yakuniy hujjatni shakllantirishda o'z hissalarini qo'shdilar.