"O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalar va bolalarning manfaatlarini ta'minlash" loyihasi doirasidagi professional uchrashuv
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalar va bolalarning manfaatlarini ta'minlash" loyihasi doirasidagi professional uchrashuv o’z yakuniga yetdi. Ishtirokchilar kam ta'minlangan oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish uchun turli tarmoqlar o'rtasidagi samarali idoralararo hamkorlik qilish kommunikatsiya texnologiyalari va PR (jamoatchilik bilan aloqalar) sohasini o'rgandilar. Ta'kidlash joizki, uchrashuv davomida tomonlar idoralararo hamkorlikda loyihaning boshida yaratilgan qo'shma jamoa a’zolarining muhimligini ta'kidladilar. Hamkorlikning shakllari va usullarini tanqidiy tahlil qilinib, loyiha maslahatchisi tegishli tavsiyalarni ishlab chiqdi.