O‘zbekistonda noinstitutlashtirish jarayoni va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muqobil parvarishning turli shakllarini rivojlantirish

Joriy yilning 15 - dekabr kuni SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand filiali tomonidan “O‘zbekistonda noinstitutlashtirish jarayoni va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muqobil parvarishning turli shakllarini rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimligi Bolalalarni himoya qilish kotibiyati va boshqa hamkor tashkilotlar faol qatnashishdi.

Tadbirda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida 2020 - yil 21 – noyabrda qabul qilingan qarori ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.