Samarqandda yangi yil bayrami

2023-yil 21-dekabr kuni SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand shahar filiali tomonidan filialning ijtimoiy etimlikning oldini olish xizmati hamrohligida bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun Yangi yil bayrami tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda jami 300 ta oiladan 500 dan ortiq bola ishtirok etdi. Ushbu tadbir hamkorlarimiz, “Aladdin” ijodiy studiyasi va shaharning qoq markazida joylashgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi rahbariyati ko‘magida tashkil etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, bu ularning xayriya yordami shaklida tashkil etayotgan birinchi tadbiri emas. Bunday tashkilotlarning qo’llab-quvvatlashi bebahodir va har safar biz ularga mehr va hamdardlik bilan to’la mehribon qalblari uchun minnatdorchilik bildiramiz!