“SOS Kino haftaligi” konkursi
20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Bolalar mahallasida “SOS Kino haftaligi” konkursi o'tkazilib, unda har bir oila o'z quvnoq hayotlaridan videolavhalar namoyish etdilar. Ayni konkursdan maqsad, oilaviy hamjihatlikni ta`minlash, bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishdan iboratdir. Bolajonlar film ustida zavq bilan ishlashib, onalariga scenariyni tuzishda, mobil qurilmalarda filmni tasvirga olish jarayonida faol qatnashdilar va o'z rollarini mahorat bilan o'ynab berishdi. Bolalar mahallasi psixologi ushbu roliklarni montaj qilishda oilalarga yordamlashdi. Barcha videolavhalar ko'rilgach, hakamlar hay'ati tomonidan ular mazmunan, aktyorlik mahoratiga ko'ra, hamda filmda barcha oila a`zolarining qatnashganligiga ko'ra baholandilar. Natijalar hisoboangach, bolalar va tarbiyachilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Umid qilamizki, oilalar tomonidan tasvirga olingan videroliklar, har bir oila uchun oilaviy qadriiat bo'lib qoladi.