SOS onalarni taqdirlash marosimi
Joriy yilning sentabr oyida, Qirg’izistonning Cholpon-Ota shahrida, SOS ona lavozimida SOS Bolalar mahallalarida 10 yil va undan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan hodimlar taqdirlanishdi. Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga oilaviy vasyilik qilayotgan O’zbekiston, Armaniston, Belarus, Qirg’iziston va Rossiyalik SOS onalar ushbu tantanada ishtirok etishdi.
SOS O’zbekiston bolalar mahallalarida faoliyat yuritib kelayotgan 4 ta SOS ona, Xalqaro federatsiya prezidenti - Dereje Wordofa, hamda SOS O’zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi rahbari tomonidan, tashkilot belgisi tushirilgan oltin uzuk va fahriy sertifikat bilan taqdirlanishdi. Bundan tashqari ushbu tantana Cholpon-Atadagi SOS Bolalar mahallasining 20 yilligiga bag’ishlandi.