SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi o'rtasidagi hamkorlik
Hozirgi kunda, SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan, filiallarimizda esa agentlikning viloyat boshqarmalari va “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan faol hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
2024-yil 25-iyul kuni SOS O’zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Toshkent filiali tomonidan “Vakolatli davlat organlari uchun ijtimoiy ish va maslahat asoslari” mavzusida trening o‘tkazildi, unda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazining 30 nafar xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida ijtimoiy ishning ta’rifi va etikasi, muloqot qobiliyati, noverbal va verbal muloqot kabi mavzular yoritildi.
Shuningdek, 2024-yil 26-iyul kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazining 15 nafar ijtimoiy xodimlari uchun aholining maqsadli guruhlariga ishlarni boshqarish asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy ishlarni monitoring qilish va ishlarni joriy etishning elektron tizimlarini yaratish bo'yicha davra suhbati o‘tkazildi.