SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi vakillari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehr daftari” tizimini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2022-yil 22-yanvar kuni SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi vakillari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehr daftari” tizimini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qaror ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan vazirliklar – Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya vakillari mazkur tizimni joriy etishning asosiy maqsadlari, ishlash mexanizmi bilan tanishtirdi. Shuningdek, Bolalar ombudsmanı va uyushmamizning takliflari tinglandi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qarorning har bir bandi bo‘yicha sharx ishlab chiqish, hamkorlikni muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘yicha idoralararo Farmon tayyorlashga qaror qilindi.