SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramog‘dan mahrum bo'gan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishdagi faol ishtiroki e’tirof etildi
SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramog‘dan mahrum bo'lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishdagi faol ishtiroki, shuningdek, bolalarni oila muhitida tarbiyalash imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdagi fidokorona mehnati uchun e’tirof etilib, SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi direktori G.M. Abidova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan “Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi!
Ushbu mukofot davlatimiz tomonidan uyushmaning mehnati e’tirofi, shuningdek, har bir bola uchun yanada qulay muhitni ta’minlash bo‘yicha maqsad va vazifalarimizni faol va izchil targ‘ib qilishda davom etish uchun rag‘batdir!