23 aprel 2025 yil SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari va UNICEF O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

23 aprel 2025 yil SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari va UNICEF O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumning imzolanishi, bolalarga xavfsiz, g‘amxo‘rlik qiluvchi va qo‘llab-quvvatlaydigan muhit yaratish borasida umumiy qadriyatlar va majburiyatlarni baham ko‘radigan ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydigan muhim qadam bo‘ldi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar bolalar va oilalar hayotida ijobiy va doimiy o‘zgarishlarga erishishga qaratilgan hamkorlik va tashabbuslarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqladilar.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagi:

• Bolalar huquqlarini birgalikda himoya qilish

• Bolalarni himoya qilish va javob choralarini kuchaytirish

• Ota-onasiz bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislar va oilalarning malakasini oshirish

• Muqobil parvarishdan chiqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

• Bolalar va yoshlarni treninglarda ishtiroki

Ushbu Memorandum bolalar manfaatlari yo‘lida birgalikda amalga oshiriladigan aniq va samarali qadamlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar — har bir bola manfaati uchun!