Toshkent Politexnika muzeyiga sayohat
31-oktyabr kuni Toshkent shahridagi SOS Bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar. Namoyish davomida ular transportlarning rivojlanish tarixi, o'zbek avtomobilining zamonaviy hamda, foydalanishdan to'xtatilgan eski modellalarini tomosha qilishga muvaffaq bo'ldilar. Shuningdek, bolajonlar har hil fizik tajribalarni kuzatib, ularning o'tkazilishida bevosita o'zalari ham ishtirok etishga muvaffaq bo'ldilar. Umuman olganda, muzeydagi ko'rgazmalar bolalarga fizika, texnika va mashinasozlik sohalaridagi yangi bilimlarni o'zlashtirishlariga yordam berdi.