Toshkent shahrida SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi xodimlari uchun nomaqbul xatti-harakatlar bilan bog‘liq holatlarni boshqarish va jinsiy zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan treninglar turkumi bo‘lib o‘tdi.

Avgust oyining boshida ishtirokchilar nomaqbul xatti-harakatlar bilan bog‘liq holatlar haqida xabar berish va ularga munosabat bildirishning ichki tizimi, komissiyalarning roli hamda murojaat va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini o‘rgandilar.

Treningning alohida qismi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik mavzusiga bag‘ishlandi. Unda ushbu mavzuning ko‘pincha ochiq muhokama qilinmasligi sabablari, zo‘ravonlik alomatlarini aniqlash, jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda travmaga asoslangan yondashuv masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’lim jarayonida amaliy vaziyatlar va real holatlarga asoslangan mashqlar ham o‘tkazildi.

Treningni xalqaro ekspert Aida Ganovich olib bordi.

Biz jamoamizning professional salohiyatini oshirish va barcha dasturlarimizda bolalarni himoya qilish madaniyatini yanada mustahkamlashda davom etamiz.