Toshkent va Xorazmda bayram shukuhi
Toshkent shahrida SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi filiali jamoasi “Lokomotiv” istirohat bog‘i hududida yangi yil bayram tadbiri tashkil etib, filialning oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati a’zolari bo‘lgan 53 oilaning 112 nafar farzandiga sovg‘alar tarqatdi.
Shuningdek, 4 nafar bola CAMBRIDGE Learning Centre taʼlim oʻquv markazida 2022-yil davomida ingliz tili kurslarida oʻqish uchun grant yutib oldi. Filial xodimlari anketalarni to‘ldirishda va bolalarni suhbatga tayyorlashdi yordam berishdi.
Xorazm viloyatida esa SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi filiali jamoasi doimiy homiylar Ўзтрансгаз АЖ aksiyadorlik jamiyati ko‘magida filialning oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan ko‘mak olayotgan oilalarning 180 nafar farzandiga yangi yil sovg‘alari taqdim etdi va yana 90 nafar bola Og'axiy teatrida yangi yil teatrlashtirilgan tomoshasiga taklif etildi.