"Umid qanotlari" hunarmandchilik ko‘rgazmasi
13-noyabr kuni Toshkentdagi SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston Assotsiatsiyasi filialining tarbiyalanuvchilari o‘z qo‘l mehnatlari bilan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Ko‘ngillilar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Umid qanotlari" nomli hunarmandchilik ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
Bolalarning qo‘l mehnatlari savdosi orqali bir million so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi. Bolalar bu mablag‘ni o‘zlarining SOS onalari bilan birga oilaviy bayram tashkil etishga sarflashni rejalashtirmoqda.