Xalqaro futbol hakami bilan uchrashuv
2022-yil 19-aprel kuni tarbiyalanuvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlari doirasida SOS O'zbekiston bolalar mahallalarining Toshkent shahridagi filialida jamoat arbobi va xalqaro futbol hakami, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bilan bolalarning motivatsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv norasmiy ruhda o‘tdi, bolalar Ravshan Sayfutdinovichni iliq kutib olishdi. Futbol hakami o‘z hayoti, uni ushbu kasbga nima yetaklagani, o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘ygani va ularga qanday erishgani, kasbiy faoliyatini rivojlantirishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida gapirib berdi.
Bolalar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarni berishdi va mehmondan batafsil javob oldilar: maqsadga erishish uchun o'zini qanday rag'batlantirish kerak, bu mutaxassislik bo'yicha qanday bilim kerak.
Doston* futbol haqida she'r aytib berdi,
Futbol ajoyib o'yin
Biz buni aniq bilamiz
Va hammamiz stadionga
Ishqibozlik qilgani bekor bormaymiz
Pele Shevchenko yoki Bloxin
Yo balki Maradona?
Ularning barchasi stadion maydonida
Mo'jiza yaratdilar!
Doston va boshqa bolalar Ravshan Sayfutdinovichdan dastxat tushirilgan futbol to‘pini olishdi, xotira uchun suratga tushishdi, mehmon tarbiyalanuvchilarga istaklari ro‘yobga chiqishini tiladi. Ushbu uchtashuv barcha uchun ijobiy his-tuyg'ular uyg’otdi va shaxsiy o'sish uchun turtki bo'ldi.
*Voyaga etmagan bolaning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish uchun ism o'zgartirildi