Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Quvnoq startlar”

SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand shahar filiali tomonidan 2022-yil 16-may kuni, Samarqand shahrining birnechta mahallalarida istiqomat qiluvchi oilalar uchun, Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Quvnoq start” o‘tkazildi.

Sport tadbiri Samarqanddagi SOS Bolalar mahallasi hududida tashkil etilgan bo‘lib, unda jamoalar yugurish, koptok, halqa, arqon bilan sakrash, arqon tortish bo‘yicha qiziqarli va ba’zan o‘ta qiyin musobaqalar bo‘yicha bellashdilar. O‘tkazilgan sport bayrami oilalarimizni birlashtirib, hech kimni befarq qoldirmadi. Barcha jamoalar sertifikatlar va sovg'alar, shuningdek, jo'shqinlik va ijobiy his-tuyg'ular bilan taqdirlandilar!