2024 yil 2 dekabrda SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili o'rtasida...
Joriy yilning 31 iyul kuni Seul Milliy ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash universiteti talabalari, tibbiyot kafedrasi professori va gumanitar...
Hozirgi kunda, SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan, filiallarimizda esa agentlikning...
SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to’grisida”gi yangi qonunning qabul qilinishini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Ushbu qonun mamlakatda bolalarni himoya qilish huquqiy bazasini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.
Qonun zo‘ravonlikning tushunchasini keng qamrab oladi, jumladan, jismoniy, jinsiy va psixologik zo‘ravonlik, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik, ekspluatatsiya va ta’qib (bullying). U bolalarni himoya qilishning asosiy tamoyillarini, jumladan, insonparvarlik, diskriminatsiyani taqiqlash, bolalarning eng yaxshi manfaatlarini inobatga olish va zo‘ravonlik qurbonlarining huquqlarini tiklashni o‘z ichiga oladi.
Mazkur qonun bolalarni barcha shakldagi zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning ro‘yxati va vakolatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, qonun zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalarini ham aniqlaydi, ularga yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kiritilgan.
SOS Bolalar Qishloqlari Assotsiatsiyasi ushbu qonunning maqsadlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga bo‘lgan sadoqatini bildiradi. Biz qonun qoidalarini samarali amalga oshirish va bolalar huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlash uchun davlat organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan yaqindan hamkorlikni davom ettiramiz.
Mazkur qonunning qabul qilinishi milliy huquqiy tizimni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonning bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro standartlarga rioya qilishga bo‘lgan intilishini tasdiqlaydi. Biz ushbu sa’y-harakatlar har bir bolaga mehribon, g‘amxo‘r va xavfsiz oilaviy muhitda o‘sish imkoniyatini yaratadigan jamiyatni shakllantirishga olib kelishiga ishonamiz.
Qonunning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: ЎРҚ-996 14.11.2024 Болаларни зўравонликнинг барча шаклларидан ҳимоя қилиш тўғрисида
Tarqatish